SHADES Products Showcase
IJOD · SIFAT · NATIJA — BIR YECHIMDA

Biznesingizga yorqin ranglar va zamonaviy ko'rinish beramiz

Vizitkalar, flayerlar, futbolkalar va korporativ suvenirlarga yuqori sifatli tezkor bosma xizmatlar. Barcha turdagi tashqi reklama maxsulotlari va xizmatlari.

5+Yillik tajriba
1,200+Mamnun mijozlar
500k+Chop etilgan mahsulot
99.4%O‘z vaqtida topshirish

02 / Ishlarimiz

Mijozlarimiz uchun bajargan ishlarimiz

Har bir mahsulot — yuqori aniqlik, sifatli xomashyo va mukammal brending namunasi.

Poligrafiya

Vizitkalardan tortib kataloglargacha — Shades uslubini aks ettiruvchi va brendingizni professional namoyish etuvchi poligrafiya mahsulotlarini yaratamiz.

Sovg‘alar

Mijozlar, hamkorlar va jamoangiz uchun brendlangan sovg‘alar. Yoqimli taassurot qoldiradigan va esda qoladigan mahsulotlarni yaratamiz.

Tashqi reklama

Peshlavhalar, bannerlar, hajmli harflar va reklama konstruksiyalari — brendingizni kerakli joyda yanada ko‘rinadigan qilamiz.

Korporativ brending

Kompaniyaning yagona vizual qiyofasini yaratamiz — alohida elementlardan tortib makon va kommunikatsiyalarni to‘liq brendlashgacha.

Trikotaj

Futbolkalar, xudilar, pololar va boshqa kiyimlar — brendingiz bilan. Qulay kiyimlar brendingizning ajralmas qismiga aylanadi.

Avtobrending

Avtomobillar va korporativ transportni brendlaymiz, har bir yo‘lni brendingiz haqida gapirish imkoniyatiga aylantiramiz.

03 / Jarayon

Buyurtmadan tayyor mahsulotgacha

4 ta oddiy va shaffof bosqich orqali buyurtmangizni o‘z vaqtida topshiramiz.

0115-30 daqiqa

Buyurtma va Maslahat

Siz Telegram yoki telefon orqali murojaat qilasiz. Biz tiraj, o‘lcham va material bo‘yicha maslahat berib, optimal narxni hisoblaymiz.

021-4 soat

Maket dizayni

Dizayningizni bosmaga tayyorlaymiz yoki yangi maket chizamiz. Ranglar va joylashuvni to‘liq tasdiqlaysiz.

031-7 kun

Ishlab chiqarish

Zamonaviy uskunalarimizda har bir nusxa sifat nazoratidan o‘tib, aniq vaqtida chop etiladi.

04Tezkor

Yetkazish

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmatlari orqali yetkaziladi.

04 / Afzalliklar

Nega aynan SHADES?

Mijozlarimiz bizga ishonishining asosiy omillari.

  • 100% Sifat Kafolati

    Har bir buyurtma texnik nazoratdan o‘tadi. Yaroqsiz mahsulotni darhol almashtirib berish kafolati bor.

  • Aniq Muddat va Tezlik

    Kelishilgan vaqtdan kechikmaymiz. Shoshilinch buyurtmalarni 24 soat ichida bajarish imkoniyati.

  • Premium Xomashyolar

    Faqat sertifikatlangan, yuvilganda tushmaydigan bo‘yoqlar, sifatli paxta va dizaynerlik qog‘ozlari.

  • Qulay Narx va Individual Yondashuv

    Optimal narxlar va doimiy mijozlarga moslashuvchan chegirmalar.

  • 5+Yillik tajriba
  • 1,200+Mamnun mijozlar
  • 500k+Chop etilgan mahsulot
  • 99.4%O‘z vaqtida topshirish

05 / Savol-Javob

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Buyurtma berishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar.

Trikotaj mahsulotlari 10 tadan. Vizitka, papka, paket, bloknot va ruchkalar 100 tadan. Flayer, buklet, doorhanger 1000 tadan. Sovg‘a to‘plamlari 10 tadan.

Oddiy raqamli bosma va futbolkalar 3-5 ish kunida tayyor bo‘ladi. Katta hajmdagi ofset yoki murakkab suvenirlar 5-7 ish kunini tashkil qiladi. Shoshilinch buyurtmalar 24 soatda topshirilishi mumkin.

Albatta! Bizning professional grafik dizaynerlarimiz sizning talablaringiz asosida noldan boshlab logotip yoki mahsulot maketini tayyorlab, tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Ha, Toshkent shahri bo‘ylab kuryerlik yetkazib berish xizmati mavjud. O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga esa pochta yoki BTS kurerlik xizmatlari orqali yuboramiz.

Barcha qulay to‘lov usullari mavjud: Online to‘lov sistemalari, karta orqali, korporativ mijozlar uchun hisob-raqam orqali shartnoma bilan pul o‘tkazish (perechisleniye) va naqd pul.

Ha, yirik korporativ tirajlar yoki maxsus buyurtmalar oldidan bitta namunaga sinov bosmasini (proba) amalga oshirib, sizga sifatini ko‘rsatib tasdiqlatamiz.

06 / Bog‘lanish

Loyihangizni birgalikda muhokama qilamiz

Savollaringiz bormi yoki narx hisoblash kerakmi? Mutaxassislarimiz yordam berishga tayyor.

Tezkor Buyurtma Yuborish

Ma’lumotlarni to‘ldiring, biz darhol Telegram orqali javob beramiz.